Yangiliklar

Turkiy davlatlar tashkilotining 11-sammitida qanday masalalar ko‘rib chiqildi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban “Turkiy dunyo Oliy ordeni” bilan taqdirlandi
Foto: Akorda.kz

Turkiy davlatlar tashkilotining 11-sammiti davomida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban, UTC bosh kotibi Kubanichbek O‘muralievlar ishtirok etdi. Bu haqda Akorda ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, turkiy dunyo birligini mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun Vengriya bosh vaziri Viktor Orban «Turkiy dunyo Oliy ordeni» bilan taqdirlandi.

Uchrashuvda quyidagi hujjatlar imzolandi:

  1. Turkiy davlatlar tashkilotining 11-sammiti deklaratsiyasi;
  2. «Turk dunyosining yashil qarashi: Barqaror kelajak birligi» qarori;
  3. Bishkek shahrini 2025 yil uchun Turkiy davlatlar tashkilotining raqamli poytaxti deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qaror;
  4. Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanni «Turk dunyosining eng oliy ordeni» bilan taqdirlash qarori;
  5. Turk dunyosi nizomini qabul qilish qarori;
  6. Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosarlarini tayinlash to‘g‘risidagi qaror;
  7. «Turkiy davlatlar tashkilotining doimiy vakillari to‘g‘risidagi Nizom» to‘g‘risidagi qaror;
  8. Turkiy davlatlar tashkiloti bayrog‘i to‘g‘risidagi qaror.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya, Ozarbayjon va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi yagona turkiy alifboga o‘tishga tayyorligi haqida yozgan edik.