Yangiliklar

Turkiy investitsiya forumini tashkil etishni taklif qilamiz – Mirziyoyev

Davlat rahbari ushbu forumning ilk tadbirini O‘zbekistonda o‘tkazishga mamlakat tayyor ekanini bildirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashi majlisida so‘zlagan nutqida Turkiy investitsiya forumini tashkil etishni taklif qildi.

Qayd etilishicha, jahon moliya bozorida kapitalga bo‘lgan talab va uning narxi tobora oshib bormoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun uzoq muddatli va «yashil» kreditlar ajratish shartlari qiyinlashmoqda.

«Biz Tashkilotimiz doirasida moliyaviy instrumentlarni joriy etishga jiddiy e’tibor qaratishimiz kerak. Turkiy investitsiya jamg‘armasi ishini faollashtirish, bizning tashabbusimiz bo‘lgan Turkiy rivojlanish bankini tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqishimiz zarur, deb hisoblaymiz», – dedi prezident.

Ushbu forum mintaqaviy ahamiyatga ega loyihalarga xalqaro moliya institutlari va chet el investitsiya kompaniyalarini keng jalb qilish uchun tashkil etiladi.

Shuningdek, davlat rahbari ushbu forumning ilk tadbirini O‘zbekistonda o‘tkazishga mamlakat tayyor ekanini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkiy xalqlar uchun yagona alifbo joriy etilgani haqida xabar bergan edi.