Uch yoshli vunderkind FIDE shaxmat reytingiga kirdi
eʼlon qilindi
Sportchi 1555 ball to'plagan

Hindistonlik shaxmatchi Anish Sarkar Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) reytingiga kiritilgan eng yosh o’yinchiga aylandi. Vunderkind bola uch yoshu sakkiz oylik, deb xabar berdi Championat.com.
Sarkar 1555 ochko to’plagan. U besh yoshida eng yaxshi shaxmatchilar ro‘yxatiga kirgan hamyurti Tejas Tivarining rekordini yangiladi.
FIDE qoidalariga ko‘ra, sportchi 26 oy ichida reytingga ega shaxmatchilar bilan kamida beshta o‘yin o‘tkazib, 1/2 ochko to‘plashi kerak.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda shaxmat bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 300 million so‘mni tashkil qiluvchi xalqaro turnir tashkil etilishi haqida yozgan edi.