Hindistonlik shaxmatchi Anish Sarkar Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) reytingiga kiritilgan eng yosh o’yinchiga aylandi. Vunderkind bola uch yoshu sakkiz oylik, deb xabar berdi Championat.com.
Sarkar 1555 ochko to’plagan. U besh yoshida eng yaxshi shaxmatchilar ro‘yxatiga kirgan hamyurti Tejas Tivarining rekordini yangiladi.
FIDE qoidalariga ko‘ra, sportchi 26 oy ichida reytingga ega shaxmatchilar bilan kamida beshta o‘yin o‘tkazib, 1/2 ochko to‘plashi kerak.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda shaxmat bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 300 million so‘mni tashkil qiluvchi xalqaro turnir tashkil etilishi haqida yozgan edi.