Prezident O‘zbekistonda ruxsat etilmagan usullardan foydalangan holda xalq tabobati xizmatlarini reklama qilishni taqiqlashga doir qonunni imzoladi. Hujjat Lex.uz portalida e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, qonunda tegishli huquqsiz tibbiy xizmat ko‘rsatgan yoki nomaqbul usullarni qo‘llagan shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilandi.
Diagnostika va davolash xizmatlari faqat an’anaviy tibbiyot bilan shug‘ullanish uchun rasmiy huquqqa ega bo‘lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Agar bunday xizmatlarda qonunbuzarliklar kuzatilsa, ma’muriy choralar ko‘riladi.
Shuningdek, bunday xizmatlarni omma oldida targ‘ib qilish va ruxsatsiz xalq tabobatiga asoslangan tibbiy muolajalarning reklamasi ham qonunan taqiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 18-yoshga toʻlmagan shaxslarga energetik ichimliklarni sotish jarimaga sabab bo‘lishi haqida yozgan edik.