Xalqaro logistika konferensiyasini o‘tkazishni taklif etamiz – Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashi majlisida transport koridorlaridan samarali foydalanish, ustuvor masalalardan biri ekanligini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, o‘rta koridor bo‘ylab tranzit tariflarini maqbullashtirish, zamonaviy logistika tizimlari va qo‘shma operatorlarni yaratish umumiy manfaatlarga to‘la mos keladi.
«Tashkilotimiz doirasidagi tashuvlarda elektron hujjatlar aylanmasiga o‘tish va ularni o‘zaro tan olish bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimni imzolashga chaqiramiz», – dedi mamlakat yetakchisi.
Davlat rahbari bu kabi dolzarb masalani biznes vakillari ishtirokida atroflicha muhokama qilinishini ta’kidladi.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda prezident Turkiy davlatlar logistika markazlari va yuk tashuvchilari alyansi bilan hamkorlikda Xalqaro logistika konferensiyasini o‘tkazishni taklif qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston va Tojikiston tranzit tashishni soddalashtirilgani haqida xabar bergan edi.