Yerosti galereyasi: Markaziy Osiyodagi birinchi metroning rivojlanish tarixi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Kursiv Uzbekistan maqolasida batafsil tashing
Foto: LiveJournal / gelio

Toshkent metropoliteni bundan roppa-rosa 47 yil avval 1977-yil 6-noyabr kuni oʻz faoliyatini boshlagan va Markaziy Osiyoda birinchi metro boʻlib tarixga kirgan. Ochilganidan beri metro bir necha bor kengaytirildi va hozirda shaharning muhim hududlarini bogʻlaydigan bir necha yoʻllar va oʻnlab bekatlarni o‘z ichiga oladi. Kursiv Uzbekistan Toshkent metropolitenining rivojlanish tarixi va uning oʻziga xos xususiyatlari nimalardan iborat ekanligiga eʼtibor qaratdi.

Mitishinskiy zavodi mutaxassislari Toshkent metropolitenchilariga yangi metro poyezdlarini topshirmoqda. 1977-yil 3-may. Foto: Toshkent retrospektivasi / Ibragimov Sh.

Loyihalashtirish va qurilish

Toshkent metropolitening tarixi Oʻzbekiston poytaxti jadal rivojlanib, zamonaviy transportga muhtoj boʻlgan sovet yillarida boshlangan. Shaharga jiddiy zarar yetkazgan 1966-yildagi kuchli zilziladan keyin infratuzilmani faol rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boshlandi va metro loyihasi eng muhim vazifalardan biriga aylandi.

Foto: Yandex
Foto: «Sputnik»

Toshkent metropolitenining dastlabki loyihasi 1960-yillarning oxirida boshlangan. Zilzila xavfi yuqorigi sabab qurilish alohida yondashuvni talab qilgan. Bekatlar va tunnellar tebranishlarga bardosh berishi kerak edi. Muhandislar Toshkent metropolitenini dunyodagi zilzilalarga eng chidamlilaridan biriga aylantirgan noyob mustahkamlash tizimini yaratdi.

Foto: «Sputnik»
Фото: «Sputnik»

Birinchi metro yoʻlining qurilishi 1972-yilda boshlangan va besh yil davom etgan. 1977-yil 6-noyabrda Toshkent metropolitenining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Shu bilan birga, dastlabki toʻqqizta bekat ishga tushirildi. Bu shahar markazini janubiy tumanlar bilan bogʻlaydigan «Chilonzor» yoʻli edi.

Metro yoʻllarining rivojlanishi va noyob dizayni

Dastlab metro shahar boʻylab harakatlanishni osonlashtirishi kerak boʻlgan transport tizimi sifatida qurilgan. Lekin keyinchalik u madaniyat va milliy motivlarni oʻzida mujassam etgan sanʼat va meʼmorchilik obyektiga aylandi.

«Hamida Olimjon» bekati, 1980-yil. Foto: Vladimir Rodionov
Foto: Yandex

Bekatlar marmar tosh oʻymakorligi, milliy bezaklar, vitrajlar bilan bezatilgan. Jumladan, “Kosmonavtlar» bekati koinotni oʻrganishga bagʻishlangan mozaika va barelyeflar bilan bezatilgan, «Alisher Navoiy» bekati boʻlsa, ulugʻ shoir asarlarining qahramonlari tasvirlangan vitrajlar bilan bezatilgan.

«Kosmonavtlar» bekati. Foto: metrotashkent.narod
«Kosmonavtlar» bekati. Foto: metrotashkent.narod
«Pushkin» bekati. Foto: danlux.lj.com
«Pushkin» bekati. Foto: danlux.lj.com
«Hamid Olimjon» bekati. Foto: Aleksandr Belenkiy
«Alisher Navoiy» bekati. Foto: К. Yenikeyev
«Alisher Navoiy» bekati. Foto: К. Yenikeyev

Keyingi oʻn yilliklarda Toshkent metrosida yana ikkita yoʻl barpo etildi:

  • Oʻzbekiston yoʻli (1984-yilda ishga tushirilgan), markazni shaharning shimoliy tumanlari bilan bogʻlovchi,
  • Yunusobod yoʻli (2001-yilda ishga tushirilgan) shaharning shimoliy va markaziy hududlarini bogʻlovchi qisqa, lekin muhim yoʻnalishdir.
«Beruniy» bekati. Foto: transphoto.org
«Turkiston» bekati. Foto: transphoto.org
«Chilonzor» bekati. Foto: metrotashkent.narod

Zamonaviy rivojlanish va texnologiya

Soʻnggi yillarda Toshkent metropoliteni jadal rivojlanishda davom etmoqda. 2020-yil iyun oyida Oʻzbekistondagi birinchi yerusti metrosi boʻlgan Sergeli yoʻli ochildi. U shaharning janubiy tumanlariga xizmat koʻrsatadi va boshqa yoʻnalishlardagi tirbandlikni bartaraf etishga yordam beradi. Rejalarda metroni fuqarolar uchun yanada qulay va tezkor qilish uchun yangi bekatlar qurish, hatto yangi yoʻllarni ishga tushirish koʻzda tutilgan.

Yerusti halqa metrosining birinchi bosqichi. Foto: O‘zbekiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati
Yerusti halqa metrosining birinchi bosqichi. Foto: O‘zbekiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati

Metro faol modernizatsiya qilinmoqda. Bank kartalari va mobil ilovalar orqali toʻlash kabi zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda. Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish uchun jihozlangan zamonaviy vagonlar olib kelinmoqda.

«O‘zbekiston» bekati. Foto: К. Yenikeyev

Bugungi kundagi Toshkent metrosi

Toshkent metropoliteni nafaqat transport tizimi, balki shaharning madaniyati va tarixini aks ettiruvchi ramzi hamdir. Bu Markaziy Osiyodagi sanoqli metrolardan biri va postsovet hududida seysmik faol zonada joylashgan va sezilarli silkinishlarga bardosh beradigan yagona metro hisoblanadi.

Foto: LiveJournal / gelio

Bugungi kunda metro minglab toshkentliklar va poytaxt mehmonlari har kuni foydalanadigan qulay, zamonaviy va chiroyli transport turidir.

Foto: LiveJournal / gelio
Foto: LiveJournal / gelio
Foto: LiveJournal / gelio
Shuningdek