2025-yilda Toshkentdan Issiqkoʻlga poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

eʼlon qilindi
Poyezdlar jadvali va chiptalari narxi dam olish mavsumi boshlanishiga yaqinroq maʼlum boʻladi
Foto: bakhrom / Depositphotos

2025-yilning yoz oyidan boshlab Toshkent va Issiqkoʻl (Qirgʻiziston) oʻrtasida turistik poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda «Oʻzbekiston temir yoʻllari» axborot xizmati xabar berdi.

Qirgʻiziston va Oʻzbekiston temir yoʻl rahbarlari Bishkekdagi uchrashuvda yoʻlovchi tashish yoʻnalishini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishib oldi. Turistik poyezdi Toshkentdan Bishkek orqali Issiqkoʻlda joylashgan Baliqchi shahriga qatnashi koʻzda tutilgan.

Toshkentdan Baliqchiga poyezdlar jadvali va chiptalari narxi dam olish mavsumi boshlanishiga yaqinroq ma’lum boʻladi.

Shuningdek, yigʻilishida turistik poyezddan tashqari Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida tarif chegirmalarini qoʻllash va yuk tashish hajmini oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Transafgʻon temir yoʻli qurilishi qachon boshlanishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek