Jizzax viloyatidagi tog‘-kon va avtomobillarga yoqilg‘i quyish faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlar «Hududgazta’minot» AJ va uning «Hududgaz Jizzax» filiali tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblanganidan norozilik bildirdi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur masala bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida, 3,7 mlrd so‘mga yaqin asossiz qarzdorlik qayta hisoblanib, maxsus elektron dasturdan chiqarildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qo‘mita «Invest finans bank»ka nisbatan moliyaviy jarima qo‘llagan edi.