Yangiliklar

7-noyabr kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida quruq havo bo‘ladi

Tog‘li hududlarda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin
Foto: Piqsels

7-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston viloyatida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi hududlarda esa qorga aylanishi mumkin. Farg‘ona vodiysida ham yog‘ingarchilik kuzatiladi, boshqa hududlarda quruq va iliq havo bo‘ladi. O‘rtacha harorat 5-10 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.

Poytaxtda havo bulutli bo‘lishi mumkin, biroq yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi havo 7-9 daraja iliq, kechga kelib 2-4 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi ehtimoli bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. Kunduzi havo havo 3 daraja iliq, kechasi esa 2 daraja sovuq bo‘ladi.