Germaniya Bundestagi 2025-yilning yanvar oyida mamlakat hukumatiga ishonish yoki ishonmaslik haqida qaror qabul qiladi. Bu tashabbusni mamlakat kansleri Olaf Shols ilgari surdi, deya xabar berdi Germaniyaning Tagesschau nashri.
Sholsning ta’kidlashicha, Germaniya o‘zining kelajakdagi siyosat yo’nalishiga aniqlik kiritishi kerak. Buning uchun ishonch votumi o‘tkaziladi.
Shols ishonch ovozini berish jarayonini o‘zi va yaqinda ishdan bo’shatilgan moliya vaziri Kristian Lindner o’rtasidagi o’zaro ayblovlar fonida boshladi.
Shols ovoz berish tashabbusi bilan o‘zi va yaqinda lavozimidan ozod etilgan Germaniya moliya vaziri Kristian Lindner o‘rtasidagi o‘zaro ayblovlar fonida chiqdi. Hukumat rahbari Lindnerni qobiliyatsizlikda aybladi.
O‘z navbatida, sobiq vazir Sholsning siyosati Germaniyaga yangi turtki bera olmayotgani va kansler siyosati mamlakatni «noaniqlik»ga olib borayotganini aytdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Sholsning O‘zbekistonga tashrifi haqida yozgan edi.