Yangiliklar

Buyuk Britaniya Oʻzbekistonning Uzstanex kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Kompaniya Rossiyaga yordam berganlikda ayblanmoqda
Foto: jovaning / depositphotos.com

Buyuk Britaniya Oʻzbekistonning Uzstanex kompaniyasini Rossiyaga yordam berganlikda ayblab, sanksiyalar joriy qildi. Cheklovlar joriy etilgani haqidagi maʼlumot Britaniya hukumatining rasmiy saytida eʼlon qilindi.

Buyuk Britaniya hukumatiga koʻra, Uzstanex Ukraina hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga tahdid solib, uni beqarorlashtirishga yordam berganlikda ayblanmoqda. Shuningdek, kompaniya Ukrainadagi vaziyatning yomonlashishiga hissa qoʻshishi mumkin boʻlgan moliyaviy xizmatlar, iqtisodiy resurslar, tovarlar va texnologiyalarni taqdim etish bilan shugʻullangan.

Maʼlumot uchun, Uzstanex 2018-yilda tashkil etilgan boʻlib, mexanik mashinalar ulgurji savdosi bilan shugʻullanib keladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh Gʻaznachilik departamenti Oʻzbekistonning Uzstanex va The Elite Investment Group kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy qilgani haqida xabar bergan edi.