Yangiliklar

Endilikda O‘zbekistondagi sirklarda sher chiqish qila olmaydi

2025-yilning 1-yanvaridan boshlab
Foto: henkeova / depositphotos

Davlat va shapito sirklarida yovvoyi hayvonlarni saqlash hamda sirk tomoshalarida xususan, sher va uning barcha kenja turlarini qo‘llash mumkin emasligi belgilandi.

Bu borada Vazirlar Mahkamasining «Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Shuningdek, saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Roʻyxatdagi yovvoyi hayvonlar Ekologiya vazirligidan ruxsatnoma olgan holda, yuridik shaxslar tomonidan hayvonot bogʻlari yoki pitomniklarda saqlanishi mumkin. Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi va zaharli hayvonlar esa maxsus pitomniklarda qonunga muvofiq saqlanadi.

Hayvonlarning toʻliq roʻyxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent hayvonot bog‘ida vasiylik dasturi yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edi.