Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar transportda bepul harakatlanadi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Imtiyozdan yiliga bir marta foydalanish mumkin 
                    
                            
Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul transport imtiyozi joriy etildi. Bu borada hukumat qarori bilan nizom tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, mazkur shaxslar tanloviga ko‘ra yiliga bir marta temir yo‘l yoki shaharlararo avtobus yo‘nalishida borish va qaytish uchun bepul chipta olish huquqiga ega.
Mazkur qaror bilan ushbu shaxslarni kuzatib borayotgan bir nafar kuzatuvchi ham borish-qaytish yo‘nalishida bepul chiptadan foydalanishi mumkin.
«Borish va qaytish uchun bepul chipta olishda istalgan transport (temir yo‘l yoki avtobus) turidan foydalanish mumkin», – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yildan avtobuslarda yoʻl haqi uchun naqd pul qabul qilinmasligi haqida xabar bergan edi.
