O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi elchisi Tom Risen bilan uchrashib, uni lavozimga kirishishi bilan tabrikladi. Bu haqda vazir o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, uchrashuvda savdoni qo‘llab-quvvatlash, sheriklik munosabatlarining huquqiy asoslarini mustahkamlash va boshqa yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.
Saidovning soʻzlariga koʻra, tashqi ishlar vazirliklari mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun salmoqli ishlarni amalga oshirishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Indoneziyaga tayinlangan yangi elchisi o‘z faoliyatini boshlagani haqida xabar bergan edik.