Markaziy Osiyoda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar soni 10 yil ichida 7 baravar kamaydi – BMT

eʼlon qilindi
Eng ko‘p hal etilmagan holatlar O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi
Foto: velirina / depositphotos.com

Soʻnggi 10 yil ichida Markaziy Osiyoda fuqaroligi boʻlmagan yoki fuqaroligi aniqlanmagan shaxslar soni yetti baravarga qisqardi. Bu haqda BMT Qochqinlar boʻyicha oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyodagi boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib, «TASS» xabar berdi.

Ashxobodda boʻlib oʻtgan fuqarolik yoʻqligi muammosiga bagʻishlangan brifingida ma’lum qilinishicha, 2014-yilda boshlangan global IBelong kampaniyasi fuqaroliksizlikni 10 yil ichida tugatishgan bo‘lib, shundan beri Markaziy Osiyoda 252,2 ming nafar fuqaroligi yoʻq shaxs aniqlangan. 2024-yil 30-oktabr holatiga koʻra esa ularning soni 7 baravarga kamaygan.

Eng koʻp hal etilmagan holatlar Oʻzbekiston hissasiga toʻgʻri keladi, mamlakatda 22,4 ming fuqaroligi boʻlmagan shaxs qayd etilgan. Qozogʻistonda bu koʻrsatkich 7,4 ming nafarni tashkil qildi.

Oʻz navbatida, shu vaqt ichida Qirgʻiziston va Turkmaniston dunyoda birinchilardan boʻlib fuqaroliksizlikka barham bergan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dunyoda 1,1 milliard odam oʻta qashshoqlikda yashashi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek