Endi yangi raqamli tizimi new.birdarcha.uz orqali tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni yanada osonlashdi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yangi «Mening biznesim» moduli tadbirkorlarga o‘z bizneslariga doir turli muhim ma’lumotlarni bir joyda olish imkonini beradi.
Modulda tadbirkorlar o‘z biznesining umumiy ma’lumotlari, soliq hisobotlari, litsenziyalar, intellektual mulk huquqlari, ko‘chmas mulk, bandlik va YHXX, shuningdek, taqiqlar va IT park faoliyati haqidagi ma’lumotlarni osonlik bilan kuzatib borishlari mumkin. Bunday tizim orqali biznesni boshqarish yanada soddalashadi va tadbirkorlar kerakli hujjatlar va ma’lumotlarni tezda topish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq kichik biznes uchun xarajat va daromadlarni boshqarishga yordam beruvchi bepul bot yaratilgan edi.