Yangiliklar

Mirzayev Toshkent viloyati hokimi etib qayta tayinlandi

U 2022 yildan buyon viloyatni boshqarib kelmoqda
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi etib qayta tayinlandi, deb xabar qildi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Mirzayevning nomzodini xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi qo‘llab-quvatladi.

Mirzayev 1968-yilda tug’ilgan, Toshkent moliya institutining iqtisod fakultetida tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini Samarqand viloyati moliya boshqarmasida boshlagan, 2010-yilda mazkur viloyat hokimi etib tayinlangan.

2019-2021-yillarda Qashqadaryo viloyati hokimi bo‘lgan. 2022-yil sentabrdan boshlab Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimida ishlab kelmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Navoiy viloyati hokimi o‘z lavozimini saqlab qolgani haqida yozgan edi.