Oʻzbekistonliklar kuzgi chegirmalarga qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda – Uzum Market

eʼlon qilindi
Ularning 92 foizi buning uchun Uzum Marketʼdan foydalanmoqchi
Foto: Uzum

Uzum Market tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomada ishtirok etgan oʻzbekistonliklarning 95 foizi 11-noyabr kuni bo‘ladigan 11.11 nomli chegirmalarda katta onlayn xaridlarni rejalashtirmoqda.

Soʻrovda qatnashgan oʻzbekistonliklarning koʻpchiligi kelayotgan chegirmalar haqida xabardor boʻlib, onlayn xarid qilishni rejalashtirmoqda. Ularning 92 foizi esa buning uchun Uzum Marketʼdan foydalanmoq niyatida.

Oʻzbekistonliklarning deyarli yarmi savdo davomida kiyim-kechak va poyabzal sotib olishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, 41 foiz uy-roʻzgʻor uchun buyumlar, 39 foizi esa elektronika (smartfonlar, smart soatlar, quloqchinlar va boshqalar) sotib olishni rejalashtirgan.

Kosmetika va parfyumeriya, bolalar buyumlari va mayda maishiy texnikalar boʻlajak savdodagi eng ommabop toifalar qatoriga kirdi. Har oltinchi foydalanuvchi yirik maishiy texnika sotib olishni koʻrib chiqmoqda.

Bundan tashqari, respondentlarning 57 foizi savdo vaqtida xaridlar uchun boʻlib toʻlash kabi fintech vositalaridan foydalanish niyatida. Foydalanuvchilarning chorak qismi xarid uchun bir million soʻmdan, 9 foizi esa 3 million soʻmdan ortiq mablagʻ sarflashni rejalashtirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uzum Bank Oʻzbekiston fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek