O‘zbekistonning har bir tuman va shahrida “Jasorat maktablari” tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Shuningdek, “Iqtidor” badiiy jamoalari tashkil etiladi
Foto: President.com

Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini o‘qitishni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqida davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, musiqa o‘qituvchilariga toifalar berishning yangi tartibi joriy etiladi, Turon maktab teatri misolida maktablarda «Iqtidor» badiiy jamoalari tashkil etiladi. Musiqa va san’at yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan universitet bitiruvchilari maktablarda ishlashga ruxsat etiladi.

Jismoniy tarbiya sohasida uslubiy qo‘llanmalar yaratish, dasturlarni yangilash, maktab sport to‘garaklarini shakllantirish rejalashtirilgan. Ayni paytda maktab o‘quvchilari sportning 22 ta olimpiya, 19 ta noolimpiya va 4 ta milliy sport turlari bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa-da, hali o‘qituvchilar uchun umumiy qo‘llanmalar mavjud emas, o‘quvchilarni saralash tizimsiz olib borilmoqda. Yangi tashabbus maktablar uchun sport reytinglarini ham joriy qiladi.

Harbiy xizmatchilar va chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari uchun maxsus dasturlar ishlab chiqiladi. Ushbu fan bo‘yicha o‘qituvchilarning malakasi Mudofaa vazirligi tomonidan baholanadi. Yangi o‘quv dasturlari va darsliklar yaratiladi, har bir tuman va shaharda «Jasorat maktabi» tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Rossiya ta’lim va gumanitar almashinuvlarni kengaytirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek