Yangiliklar

Shoir Mansur Jumayevning o‘limi sababi ma’lum bo‘ldi

U 33 yoshda vafot etdi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

5-noyabr kuni oʻzbekistonlik shoir Mansur Jumayev Toshkentdagi yashash xonadonida o‘lik holda topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmati Kursiv Uzbekistanʼga sodir boʻlgan voqea yuzasidan tushuntirish berdi.

Unga koʻra, 5-noyabr kuni soat taxminan 07:30 da Mansur Jumayev yashash xonadonida oʻz joniga qasd qilgan. Ushbu holatni aniqlagan turmush oʻrtogʻi tez tibbiy yordamga murojaat qilgan.

Dastlabki sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga koʻra, u boʻyin sohasida strangulyatsion chizigʻi mavjud, yurak qon tomir nafas yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Mansur Jumayev 1991-yil 17-fevralda Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan bolalar shoiri va yozuvchisi Raim Farhodiy vafot etgani haqida xabar bergan edi.