Tramp Maskni «superdaho» deb ataganidan keyin Tesla aksiyalari koʻtarildi

eʼlon qilindi
Tadbirkor Trampni saylovoldi kampaniyasida qo‘llab-quvvatlagan
Foto: Unsplash

6-oktabr kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) prezidentligiga saylangan Donald Tramp Tesla rahbari Ilon Maskni «superdaho» deb atadi. Yahoo Finance platformasi ma’lumotlariga koʻra, elektromobil ishlab chiqaruvchisi kompaniyaning aksiyalari 37 foizga oshdi.

«Yangi yulduz: Ilon ajoyib yigit. U oʻzgacha inson va oʻta daho», – dedi Tramp Floridadagi gʻalaba mitingi chogʻida.

Trampning qoʻshimcha qilishicha, daholar kam, shuning uchun ularni asrash kerak. Bozor davlatning yangi rahbarining chaqirigʻiga javob berdi. Natijada Teslaʼning aksiyalari $288,5 ga ko‘tarildi. 5-noyabrda esa uning narxi $251,4 ni tashkil qilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Tesla rahbari saylov kampaniyasi davomida Trampni qoʻllab-quvvatlagan. Tramp esa tadbirkorni hukumat audit komissiyasi rahbari lavozimiga tayinlamoqchi ham boʻlgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 6-oktabr kuni Trampning AQSh prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozongani haqida yozgan edi.

Shuningdek