Xorazmdagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi — video
eʼlon qilindi
Kiyim-kechak savdo do‘konlarida yuzaga kelgan
Bugun, 7-noyabr kuni soat 12:53 da Xorazm viloyati Urganch tumanidagi kiyim-kechak savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yong‘in tumanda joylashgan «Shermatlar» MFY, Gurlan ko‘chasidagi do‘konlarda yuzaga kelgan.
Mazkur holat yuzasidan yong‘inni o‘chirishda sakkizta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Yong‘in soat 13:20 da o‘rab olingan va soat 13:50 da o‘chirilgan.
Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yoki vafot eganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentdagi Miran International mehmonxonasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edi.