Yangiliklar

358 ta noqonuniy biofaol qo‘shimchalar va oziq-ovqat reklamalari aniqlandi

Barchasi kanallardan olib tashlandi
Foto: Pexel.com

Raqobat qo‘mitasi 2,2 mingta oziq-ovqat qo‘shimchalari hamda turli ozdiruvchi yoki semirtiruvchi preparatlar reklamalaridan 328 tasini qonunchilikka zid ekanini aniqladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Andijon viloyatida Taraqqiyot TV telekanali orqali «Qomus kapsulalari» BFQ reklamasi chalg‘ituvchi iboralar bilan efirga uzatilgan. Qonunbuzarlikni bartaraf etish uchun reklama efirdan olib tashlangan va telekanalga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan.

Toshkent shahrida «Jit Zdorovo» gazetasida e’lon qilingan Neofleks BFQ reklamasi tekshiruvdan o‘tkazilganda qonunbuzarlik aniqlangan va jarima solingan.

Namangan viloyatida Mahalla telekanali orqali Fito-Plyus va Gemorroid mahsulotlarining reklamasi qonunlarga zid ekanligi sababli, mahsulot reklamalari yangilangan va aksilreklama berilgan.

Shuningdek, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida turli Telegram kanallari orqali qonunga xilof reklama tarqatilgani aniqlanib, kanal administratorlariga ogohlantirishlar berilib, e’lon qilingan materiallar olib tashlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qo‘mita tomonidan 3,7 mlrd soʻmlik asossiz qarzdorlik qayta hisoblangan edi.