8-noyabr kuni respublikaning aksariyat hududlarida quruq havo saqlanib qoladi
eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin
Bugun, 8 -noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida yomg‘ir yog‘adi va ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin, Farg‘ona vodiysida ham yog‘ingarchilik kuzatiladi. Boshqa viloyatlarda esa quruq havo bo‘ladi. O‘rtacha harorat 8-13 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Toshkent shahrida havo bulutli bo‘lishi mumkin, biroq yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi 10-12 daraja iliq, kechga kelib havo 0-2 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham havo quruq bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Ba’zi joylarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Kunduzi 0-5 daraja iliq, kechasi esa 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.