Yangiliklar

Andijon viloyati hokimi lavozimga qayta tayinlandi

Bunday qarorni xalq deputatlari Kengashi qabul qildi
Foto: Andijon viloyati hokimligi

Andijon viloyatining amaldagi rahbari Shuhratbek Abdurahmonov hudud xalq deputatlari Kengashi qarori bilan yangi muddatga tayinlandi, deb xabar qildi viloyat hokimligi.

Abdurahmonov 1969-yilda tug‘ilgan. 1992-yilda Andijon paxtachilik institutining agronomiya fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini «Madaniyat» agrofirmasida boshlagan.

2001-yilda Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimi o‘rinbosari etib, 2011-yilda esa viloyat hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Ma’lumot uchun, u 2013-yilning aprelidan buyon Andijon viloyati hokimi lavozimida ishlab kelmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning lavozimiga qayta tayinlangani haqida yozgan edi.