«Barselona» futbolchisi Pau Kubarsi Serbiyaning «Srvena Zvezda» jamoasi bilan Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 4-tur uchrashuvi vaqtida jarohat oldi. Bu haqda «Championat» portali xabar qildi.
Serbiyalik himoyachi Uros Spaich to‘pni qaytarmoqchi bo‘lib, egilib turgan Kubarsining yuziga zarba berdi. Uchrashuv 5:2 hisobida ispan klubi foydasiga hal bo‘ldi.
O‘yindan so‘ng «Barselona» futbolchining suratini «Hammasi “Barsa» uchun” degan yozuv bilan e’lon qildi. Jamoa o‘yinchi yuziga o‘nta chok tiktirgani haqida xabar berdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Barselona» Ispaniya chempionatida «Real» va «Atletiko»ni gollar soni bo‘yicha ortda qoldirgani haqida yozgan edi.