Yangiliklar

AQSh gaz zaxiralarini oshirmoqda

Yevropada gaz zaxiralari o‘sish sur’ati pasaygan
Foto: TTstudio/Depositphotos.com

AQSh gaz zaxiralari 69 mlrd kub futga oshib, hozirda jami 3,9 trln kub futga yetdi. Bu haqda Freedom Broker katta tahlilchisi Sergey Pigarev ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bu o‘sish o‘tgan yildagiga nisbatan 4,2 foiz va besh yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan esa 5,8 foiz yuqori bo‘ldi. O‘tgan haftadagi o‘sish esa 78 mlrd kub futni tashkil etgan edi.

Zaxiralarning ko‘payishi zangori yonilg‘ining narxlari va ishlab chiqarish hajmiga bosim o‘tkazadi. Shuningdek, 7-noyabr holatiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi gaz saqlash obyektlarining 94,8 foizi to‘lgan, bu o‘tgan yilning shu davriga qaraganda sezilarli darajada past.

Yevropa gaz markazida TTF kotirovkalari hafta boshidan buyon 2 foizga oshdi va $12,7 million Buyuk Britaniya termal birliklarini tashkil etdi. Biroq umumiy holatda gaz narxining pasayishi AQSh va Yevropa bozorlarida gaz ishlab chiqarish va iste’molga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shunga qaramay kuz va qish oylarida, ayniqsa, Shimoliy yarimsharda, isitish mavsumi boshlanishi bilan gaz iste’moli o‘sib boradi, bu esa gaz narxining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. AQShda gaz narxining kelajakda $3 gacha oshishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, ushbu iqtisodiy ko‘rsatkichlar va tendensiyalar investorlar uchun risklar yaratishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar va moliyaviy vositalarga sarmoya kiritish qaroriga kelishda ehtiyotkorlik zarur.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq gazsimon yoqilg‘ilardan foydalanish talablari belgilangani haqida yozgan edik.