O‘zbekiston xorijga 41 foizga kam mosh eksport qilgan
eʼlon qilindi
Joriy yilning yanvar – sentabr oylarida
Joriy yilning yanvar – sentabr oylarida respublika chet elga $30,6 millionlik deyarli 41 tonna mosh eksport qildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
O‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda, dukkakli mahsulot eksporti 41 foizga kamaygan.
Mosh eksportining eng yirik xaridori Xitoy bo‘lib, eksportning 90 foizi shu mamalakatga to‘g‘ri keladi. Qozog‘iston, Rossiya, Niderlandiya va Iroq kabi boshqa mamlakatlar ham o‘zbek moshiga talabni namoyon etdi.
Mosh narxi biroz pasaydi, bir tonna mahsulot $747 turadi, ilgari esa $786 edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston sabzavot va mevalari eksporti 10 foizdan ortiq oshganini yozgan edi.