Rus tili va qonunlarini bilgan muhojirlarga e’tiroz yo‘q – Putin

eʼlon qilindi
Putin muhojirlar masalasida o‘z fuqarolari manfaatlariga tayanish kerakligini aytdi
Foto: Reuters

Vladimir Putin rus tili, Rossiya qonunlarini bilgan va hurmat qilgan migrantlarga hech qanday e’tiroz bo‘lmasligini aytdi. Bu haqda u Sochida bo‘lib o‘tgan Valday forumining XXI yillik yig‘ilishining yalpi majlisida gapirdi.

Unga ko‘ra, Rossiya rasmiylari birinchi navbatda o‘z fuqarolari manfaatlarini o‘ylashlari zarur. Uning ta’kidlashicha, bu hatto mamlakatning migratsiya siyosati masalasiga ham tegishli bo‘lib, u rossiyaliklarning manfaatlarini ham aks ettirishi lozim.

Bundan oldin Vladimir Putin nafaqat muhojirlar, balki ularning rus tilini umuman bilmaydigan yoki rus tilini yaxshi bilmaydigan farzandlari bilan ham o‘zaro munosabatlar algoritmlarini ishlab chiqishni buyurgan edi. Davlat rahbari federal algoritm doirasida amalga oshiriladigan tegishli takliflarni unga taqdim etishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin 133 ming kishini kuzgi muddatli harbiy xizmatga chaqirish haqidagi farmonni imzolagan edi.

Shuningdek