Yangiliklar

Yaponiya o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun imtiyozli kreditlar ajratadi

Muhandislik-texnika oliy ta’lim muassasalari konsorsiumini tashkil etish ham rejalashtirilgan
Foto: O‘ztekstill

Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Oʻzbekiston muhandislarining Yaponiya universitetlarida oʻqishi va malakasini oshirishi uchun imtiyozli kreditlar ajratadi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

Loyihani amalga oshirish sanoatni modernizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni va muhandislarni tayyorlashga qaratilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Oliy ta’lim kengashi huzurida muhandislik-texnika oliy ta’lim muassasalari konsorsiumini tashkil etish rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yaponiyaning Sumitomo korporatsiyasi O‘zbekistonda logistika markazi ochmoqchi ekani haqida yozgan edi.