Bitcoin narxi $77 mingdan oshdi

eʼlon qilindi
Boshqa kriptovalyuta narxlarida ham o‘sish kuzatilgan
Foto: Piqsels

Bugun, 9-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:50 holatiga ko‘ra, Bitcoin narxi $77,1 mingdan oshdi. Bu haqda Uznex kriptobirjasida e’lon qilindi.

«Donald Tramp AQSh prezidenti sifatida qayta saylangandan so‘ng Bitcoin o‘sishni boshladi. Ikki kun ichida dunyoning eng yirik kriptovalyutasi to‘rt marta tarixiy maksimum narxni yangiladi va hozirda $77 mingdan oshdi. Bitcoin hech qachon bunchalik qimmat bo‘lmagan», – deb xabar bermoqda ixbt nashri. 

Bitcoin bilan birga boshqa kriptovalyuta narxlarida ham o‘sish kuzatilgan. Masalan, Ethereum $3 mingdan, Solana esa $200 dan oshdi.

Foto: Uznex kriptobirjasi / skrinshot

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan AQShdagi prezidentlik saylovi fonida O‘zbekistonda bitkoin narxi $75 mingdan oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek