Yangiliklar

MMA bo‘yicha jahon chempionatida 12 nafar o‘zbekistonlik g‘oliblik uchun jang qiladi

Foto: Sport vazirligi matbuot xizmati

Bugun, 9-noyabr kuni Toshkentda o‘tkazilayotgan IMMAF Jahon chempionatining final janglari boshlandi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

9–10-noyabr kunlari belgilangan final janglarida 12 nafar o‘zbekistonlik jangchi g‘oliblik uchun bahs olib boradi.

Jumladan, O‘zbekiston vakillaridan erkaklar 5 ta vaznda, ayollar 3 ta vaznda g‘oliblik uchun oktagonga ko‘tariladi. Shuningdek, bugun musobaqaning rasmiy ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tadi.

Toshkent shahridagi «Humo arena» mezbonlik qilayotgan musobaqalarning ochilish marosimi bugun (9-noyabr) soat 16:00 ga belgilangan. Turnir 10-noyabr kuni yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Afg‘onistonda aralash jang san’ati (MMA) taqiqlangani haqida xabar bergan edi.