NASA X-59 ovozsiz supersonik samolyotining birinchi parvozi uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda

eʼlon qilindi
Hozircha birinchi parvoz sanasi belgilanmagan
Foto: Space

NASA va Lockheed Martin tomonidan ishlab chiqilgan X-59 ovozsiz supersonik samolyotining birinchi parvoz sinoviga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda Space.com ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 30-oktabrdan boshlab NASA X-59 Quesst (Quiet SuperSonic Technology) dasturi muhandislari Kaliforniyaning Palmdale shahridagi zavodda dvigatel sinovlarini o‘tkazmoqda.

Ma’lumot uchun, X-59 soatiga 1,4 Mach (yoki tovush tezligidan 1,4 marta tez) tezlikda va 55 ming fut (16,7 km) balandlikda parvoz qilish uchun mo‘ljallangan.

Shuningdek, samolyotning umumiy uzunligi 99,7 fut (30 metr) bo‘lib, samolyot 38 futni (11,5 metr) tashkil etuvchi cho‘zilgan burun qismiga ega.

«Ushbu innovatsion texnologiya, haqiqatan ham, bizni kelajakka yo‘naltiruvchi mayoqdir», – dedi NASA rahbarining o‘rinbosari Rem Melroy.

Foto: Space

Samolyot 2024 yil yanvar oyida jamoatchilikka rasman namoyish etilgan edi. May oyida esa u parvozga tayyorligini tasdiqlovchi sinovlardan o‘tdi.

«Bu ko‘p yillik jamoaviy mehnat endi sinovdan o‘tmoqda, bu bizning sa’y-harakatlarimizning samarasi», – dedi X-59 dasturining dvigatel tizimlari bo‘yicha rahbar o‘rinbosari Pol Diz.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoy orbitaga boshqariladigan kosmik kemani uchirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek