Pokistondagi temir yo‘l vokzali yaqinida portlash sodir bo‘ldi
Pokiston janubi-g‘arbidagi Balujiston viloyati Kvetta temir yo‘l vokzali yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Ushbu portlash oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi va 44 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Report.az axborot agentligi.
Mahalliy Geo News yangilik portalining ma’lum qilishicha, portlash odatda ko‘plab yo‘lovchilar yig‘iladigan vokzalning chipta kassasi yaqinida sodir bo‘lgan. Shu sababli qurbonlar soni ko‘p bo‘lgan.
Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun qo‘shimcha tibbiyot xodimlari jalb qilindi. Hokimiyat mahalliy aholini donor qonini topshirishga chaqirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Qashqadaryodagi yonilg‘i quyish shoxobchasida kuchli portlash sodir bo‘lgani haqida xabar berdi.