Rossiyada giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik sakkiz yilga qamaldi

eʼlon qilindi
Mahkumga jazo muddatini qattiq rejimli koloniyada o‘tash belgilandi
Foto: cboswell / depositphotos

Rossiyada giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan o‘zbekistonlik sakkiz yilga qamaldi. Bu haqda Chuvashiya Respublikasi prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Chuvashiyaning Ibresi tumani sudi mamlakat qonunchiligiga muvofiq 32-yoshli Oʻzbekiston fuqarosini yirik miqdorda narkotik moddalarni saqlash va sotishga urinishda aybdor, deb topdi.

Sud taqdim etgan ma’lumotlarga koʻra, 2024-yilning 23-iyulida sudlanuvchi Moskva viloyatidan bir kilogrammdan ortiq sintetik narkotik moddalarni olib, Ulyanovsk viloyatiga yetkazishni rejalashtirgan.

Shundan so‘ng Ibresi tumani hududidagi M-12 yoʻlida uning Volkswagen Polo avtomobili politsiya tomonidan toʻxtatilib, unda saqlangan giyohvandlik vositalari aniqlangan va musodara qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahkumga jazo muddatini qattiq rejimli koloniyada o‘tash belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Qoraqalpog‘istonga 18 kg.dan ziyod sintetik giyohvandlik moddasi olib kirilishi fosh etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek