Suyultirilgan gazning narxi noyabr oyining boshiga nisbatan 14 foizga pasaydi

eʼlon qilindi
Bir litr uchun o‘rtacha 5,5 ming so‘mni tashkil etmoqda
Foto: O‘zRTXB axborot xizmati

Joriy yilning 8-noyabr savdolari natijalariga ko‘ra, suyultirilgan gazning narxi noyabr oyining boshlariga nisbatan 14 foizga pasaydi. Bu haqda O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, suyultirilgan gaz narxlari bir tonna uchun 8,7 mln so‘mni, bir litr uchun esa o‘rtacha 5,5 ming so‘mni tashkil etdi.

Bu, o‘z navbatida, birjada suyultirilgan gaz narxi sentabr oyida qayd etilgan o‘rtacha narx bir tonna uchun 8,8 mln so‘mdan ham past darajaga tushganini anglatadi.

Ma’lum qilinishicha, oktabr oyida birja savdolariga bir kunda o‘rtacha 1,5 ming tonna suyultirilgan gaz qo‘yilgan bo‘lib, noyabr oyining o‘tgan davrida ushbu ko‘rsatkich ikki ming tonnagacha yetgan, ya’ni o‘rtacha 25 foizga o‘sgan.

«Birja savdolariga qo‘yilayotgan AI-80 markali avtomobil benzin hajmini ortishi ham kutilmoqda», – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan oktabr oyida benzin narxi 1,5 foizga, propan narxi esa 1,2 foizga ko‘tarilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek