Tesla kompaniyasining bozor qiymati 1 trillion dollardan oshdi
eʼlon qilindi
Trumpning bayonoti Tesla aksiyalarining keskin o‘sishiga olib keldi
Donald Trump prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongandan so‘ng Tesla kompaniyasining bozor qiymati o‘sdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Tesla rahbari Ilon Mask Trumpni faol ravishda qo‘llab-quvvatladi. G‘alaba e’lon qilingandan so‘ng yangi saylangan davlat rahbari Maskni «superdaho» deb atadi.
Trumpning bu bayonoti Tesla aksiyalarining keskin o‘sishiga olib keldi va bu bir necha kun davom etdi.
Shu tariqa elektromobillar ishlab chiqaruvchisi aksiyalari bir kun avval 8 foizdan oshib, $321,22 ga yetdi. Natijada Mask kompaniyasining bozor qiymati $1 trilliondan oshdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Ilon Maskning mol-mulki 2027-yilga borib trillion dollarga yetishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.