Bitkoin kursi keskin oshib bormoqda, soʻnggi bir sutkada kriptovalyuta qiymati 3,3 foizga ko‘tarilib, $79 mingdan oshdi. Bu haqda savdo maydonchalari ma’lumotlarida ko‘rsatilgan.
Donald Tramp AQSH prezidenti saylovida gʻalaba qozonganidan soʻng bitkoin narxining o‘sishi tezlashdi. Avvalroq respublikachi kriptovalyutalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlagan. Iyun oyida Donald Tramp Neshvillda (Tennessi) bo‘lib o‘tgan Bitkoin Conference konferensiyasida AQSHni kriptovalyutalar boʻyicha dunyodagi yetakchi davlatga aylantirishga va’da bergan edi.
47-prezidentning asosiy takliflari qatorida kriptovalyuta bozorini tartibga solish boʻyicha aniq va tushunarli qoidalar yaratish, davlat va tarmoq vakillari oʻrtasida muloqotni yoʻlga qoʻyish va milliy bitkoin zaxirasini shakllantirish kabi takliflar bor.
Oxirgi haftada bitkoin kursi deyarli 15 foizga oshdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan o‘zbekistonlik investorlar uchun qanday kripto-aktivlar mavjudligi haqida yozgan edi.