Freedom Telecom SilkNetCom’ni sotib oldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Deyarli $24 millionga
CEO Freedom Holding Corp. Timur Turlov / Foto: Valeriy Ayapov

Freedom Holding Corp guruhining sho‘ba korxonasi. — Freedom Telecom — Qozogʻistonning SilkNetCom provayderini sotib oldi. Bu haqda Forbes xabar berdi.

Kecha eʼlon qilingan Freedom Holding hisobotiga koʻra, sotib olish kelishuvi sentabr oyida yakunlangan. Uning umumiy qiymati $23,88 millionni tashkil etgan.

2018-yilda tashkil etilgan SilkNetCom provayder xizmatlarini ko‘rsatishdan tashqari, telekommunikatsiya tarmoqlarini yotqizish va axborot texnologiyalari sohasida ham faoliyat yuritadi. Kompaniya aktivlari $20,55 millionga baholandi.

Biznes nashri Freedom Holding guruhining 2023-yilda aloqa bozoriga kirib kelishni boshlaganini qayd etdi. Kompaniya hujjatlarida «Qozog‘istonda mijozlarga keng ko‘lamli telekommunikatsiya va unga bog‘liq xizmatlarni taqdim etish uchun yangi aloqa operatorini tashkil etish» ko‘rsatilgan. Bunday xizmatlar qatoriga internetga ulanish, Wi-Fi tarmog‘idan foydalanish va bulutli yechimlar kiradi.

Freedom Telecomning Qozog‘istonda o‘nta filiali bor. Kompaniya biznes uchun yigirmadan ortiq xizmatlarni taqdim etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan oktabr oyida «Fridom Bank Qozog‘iston» AJ Tojikistonda bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgani haqida yozgan edi.

Shuningdek