Ot sporti bo‘yicha o‘zbekistonlik chavandoz kumush medalini qo‘lga kiritdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
«AL-LAZAL DE SEMILLY» oti bilan
Foto: Srdjanns79 / depositphotos.com

6 – 10-noyabr kunlari Belgiyada ot sportining konkur bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi va unda o‘zbekistonlik Bekzod Ro‘zmuhamedov ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) xabar berdi.

To‘siqlar balandligi 110 sm bo‘lgan sakrash dasturida u «AL-LAZAL DE SEMILLY» otini minib, chiqishini 74,98 soniyada yakunladi va kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston terma jamoasi MMA bo‘yicha jahon chempionatida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani haqida yozgan edi.

Shuningdek