Yangiliklar

O‘zbekiston terma jamoasi MMA bo‘yicha jahon chempionatida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

Jami 12 medal
Foto: MOQ

Toshkentda o‘tkazilayotgan aralash jang san’ati turlari bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi kattalar o‘rtasidagi jamoaviy bahslarda uchta oltin, bitta kumush va sakkizta bronza medalini qo‘lga kiritib, birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) xabar berdi.

-61,2 kg vaznda Jamshid Tillayev, -65,8 kg vazn toifasida Zafar Rashidov va -97 kg Asrorbek Anvarjonov jamoaga oltin medallarni taqdim etdi. Qarshi Usmonov -52,2 kg vaznda kumush medalni qo‘lga kiritdi. Firdavs Hayitmatov, Shamshod Shukurov, Islombek Qodirov, Humoyiddin Muxtorov, Natalya Qodirova, O‘g‘iloy Jumanova, Gulsara Kazakbayeva va Mashhura Yo‘ldosheva bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Bugun, 10-noyabr kuni «Humo Arena»da yoshlar oʻrtasida final bahslari oʻtkaziladi va turnir o‘z yakuniga yetadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan MMA bo‘yicha jahon chempionatida 12 nafar o‘zbekistonlik g‘oliblik uchun jang qilishini yozgan edi.