Yangiliklar

Endi Rossiyada migrantlar rus tili imtihonini vositachilar orqali topshira olmaydi

Rus tilini bilish sertifikati faqat davlat muassasalari tomonidan berilishi mumkin
Foto: E1

Rossiyada migrantlardan rus tili bo‘yicha imtihonlarni qabul qilish jarayonida vositachi tashkilotlar ishtirok etishi taqiqlandi. Mazkur qonun Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolandi.

Endilikda imtihonlarni faqat davlat muassasalarida topshirish mumkin. Imtihon qabul qiluvchi muassasalar ro‘yxati Rossiya Federatsiyasi Oliy ta’lim vazirligi tavsiyalari asosida shakllantiriladi. Hukumat yagona to‘lov miqdorini belgilash va imtihonlarni qabul qilish qoidalarini ishlab chiqishga mas’ul etib tayinlandi.

Davlat muassasalariga hujjatlar bilan ishlash, imtihonlarni tashkil etish va axborot bilan ta’minlashda boshqa tashkilotlarni jalb qilish taqiqlanadi.

Yangi talablar rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 30 kun o‘tgach kuchga kiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyada noqonuniy migratsiyani tashkil etganlik uchun jazo kuchaytirilgani haqida yozgan edi.