Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 11 – 13-noyabr kunlari xalqaro sammitlarda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Saudiya Arabistoni va Ozarbayjonda bo‘ladi.
11-noyabr kuni Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud taklifiga binoan davlat rahbari G‘azo va Livandagi vaziyat hamda Yaqin Sharqdagi mojaroga bag‘ishlangan navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi.
12-13-noyabr kunlari esa prezident Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 29-konferensiyasida (COP29) qatnashadi. Shavkat Mirziyoyevning ushbu sammitlarda nutq so‘zlashi va boshqa davlat rahbarlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlari kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi nizoga yechim taklif qilgani haqida yozgan edi.