Sovrin jamg‘armasi 40 mln so‘m bo‘lgan «Huquq bilimdonlari» umummilliy konstitutsiyaviy imtihoni bo‘lib o‘tadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Tanlov davlat tilida bo‘lib o‘tadi
Foto: IIV

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universitetining Maqsadli kapital jamoat fondi (Endowment fund) bilan hamkorlikda «Huquq bilimdonlari» milliy Konstitutsiya imtihoni tanlovini tashkil etadi. Tanlovning umumiy sovrin jamg‘armasi 40 mln so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Tanlov davlat tilida bo‘lib o‘tadi va uch bosqichdan iborat bo‘ladi:

Birinchi bosqich 7-noyabrdan boshlanib 25-noyabrgacha davom etadi. Ishtirokchilar huquqiyaxborot kanaliga doʻstlarini huquqbilimdonibot boti orqali taklif qiladi. Eng koʻp ishtirokchi taklif qilgan 100 nafar ishtirokchi ikkinchi bosqichga oʻtadi.

Ikkinchi bosqich 27-noyabrda test.adliya.uz saytida o‘tkaziladi. Ishtirokchilarga Konstitutsiyadan 20 ta savol berilib, 15 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun besh ball beriladi. Eng yaxshi 10 nafar ishtirokchi uchinchi bosqichga yo‘llanma oladi. Agar uch yoki undan ortiq ishtirokchi bir xil ball to‘plasa, ular uchun qo‘shimcha sinov o‘tkaziladi. Barcha ishtirokchilar faqat bitta akkauntdan foydalanishi lozim; aks holda ular chetlatiladi.

Uchinchi bosqich suhbat. Ishtirokchilarga konstitutsiyaviy huquq bo‘yicha ikkita savol beriladi va har bir javob besh ballik tizimda baholanadi. Tayyorlanish va javob berish uchun bir daqiqa vaqt ajratiladi. Keyin ishtirokchilar qonunchilikka oid bitta kazus (muammoli vaziyat) savolga javob beradi. Tayyorlanish uchun bir daqiqa, javob uchun uch daqiqa vaqt ajratilib, javob besh ballik tizimda baholanadi.

Sovrin jamg‘armasi: Birinchi o‘rin uchun – 20 mln so‘m, ikkinchi o‘rin uchun – 12 mln so‘m, uchinchi o‘rin uchun – 8 mln so‘m. Kanalga eng ko‘p do‘stlarni taklif qilgan ishtirokchi «Eng faol ishtirokchi» maxsus mukofotini olishi mumkin, bu qarorni hakamlar hay’ati qabul qiladi. Tanlov qoidalari o‘zgarishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Zulfiya mukofotiga nomzodlarni tanlash tartibi belgilangani haqida yozgan edi.

Shuningdek