24 yilga qamalgan sobiq vazir Bishimboyev qayerda

eʼlon qilindi
Jazoni o‘tash joyiga borgan jurnalistlar uni topa olmagan
Foto: Akipress.com

Turmush o‘rtog‘ini o‘ldirgani uchun 24 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Kuandik Bishimboyev jazoni o‘tash joyidan qochib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Qozog‘istonning «O‘rda» axborot portali uning qayerda ekanini aniqlash maqsadida surishtiruv oʻtkazdi.

AIRAN axborot portaliga ko‘ra, suddan keyin Bishimboyev Arshali qishlog‘i yaqinidagi koloniyaga borishi kerak edi. Yaqinda suratga olish guruhi mahkum, haqiqatan ham, bor-yo‘qligini tekshirish uchun borgan, lekin uni topa olmagan.

Voqeadan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda sobiq vazirning uzoq vaqt ozodlikda (katta ehtimol bilan xorijda) bo‘lgani haqidagi shov-shuvlar tarqaldi. Biroq mahbusning qochgani haqidagi ma’lumotlar rad etildi.

«Mahkum jazoni qattiq rejimdagi muassasada o‘tamoqda. Shuni ma’lum qilamizki, yolgʻon ma’lumotlar tarqatilgani uchun jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, aybdorlar javobgarlikka tortiladi», – deyiladi Jinoyat qidiruv qoʻmitasi xabarida.

Jurnalistlar Bishimboyevning qayerda ekani haqida mas’ul xodim Baurjan Musindan so‘radi. Uning ma’lum qilishicha, sobiq vazir Arshali qamoqxonasida bir kun ham o‘tirmagan.

«U Stepnogorskdagi 5-sonli muassasadagi, to‘rtinchi otryadda. Mamlakatimizda jazoni o‘tash joyi ham binolarning bandlik darajasiga qarab tanlanadi. Odam qayerda o‘tirishi faqat qarindoshlariga aytiladi. Ijro etuvchi bu haqda jamoatchilikni xabardor qilishga majbur emas», – dedi Musin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik sakkiz yilga qamalgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek