Dunyoda birinchi cho‘ziluvchan va egiluvchan displey taqdim etildi
Janubiy Koreyada LG Display kompaniyasi tomonidan dunyodagi birinchi cho‘ziluvchi va egiluvchan displey taqdim etildi. Bu haqda PR Newswire nashri xabar berdi.
Ilg‘or texnologiya yordamida u 12 dan 18 dyuymgacha kengayishi va cho‘zilish, bukilish va burilish orqali turli shakllarga o‘tishi mumkin. Displey zamonaviy 8K ekran darajasidagi yuqori rang uzatish va katta piksellar zichligini saqlab qoladi.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, 2022-yilda taqdim etilgan birinchi prototip bilan solishtirganda, yangi panelning maksimal cho‘zilish koeffitsiyenti 20 foizdan 50 foizgacha oshgan.
Displeylar past va yuqori haroratlarga chidamli bo‘ladi. Shuningdek, ularning yengilligi tufayli ularni har qanday notekis joylarga o‘rnatish mumkin.
Masalan, ushbu texnologiyani avtomobil paneli sifatida yoki yong‘in o‘chiruvchilarning formalariga o‘rnatish mumkin, bu esa real vaqt rejimida zaruriy ma’lumotlarni ko‘rsatadi.
Hozircha kompaniya yangi displeylarning sotuvga qachon chiqishini ma’lum qilmagan. Ma’lum qilinishicha, avval ular sanoat tashkilotlari uchun taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung W25 taqdim etilib, narxlar e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.