Freedom Pay va CAFA Markaziy Osiyoda fintex va blokcheyn yechimlarini rivojlantirish uchun kuchlarni birlashtirdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Kelishuv Markaziy Osiyoda moliyaviy texnologiyalar, blokcheyn yechimlari va kiberxavfsizlikni rivojlantirishga yordam beradi
Foto: Freedom Pay

2024-yilning 31-oktabr kuni Olmaota shahrida boʻlib oʻtgan Digital Kazakhstan 2024 forumida Freedom Pay kompaniyasi va Central Asian Fintech Association (CAFA) oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Freedom Pay matbuot xizmat Kursiv Uzbekistan’ga xabar berdi.

Mazkur kelishuv Markaziy Osiyoda moliyaviy texnologiyalar, blokcheyn yechimlari va kiberxavfsizlikni birgalikda rivojlantirishga qaratilgan.

Kompaniyalar xavfsizlik va samaradorlikning yuqori standartlariga javob beradigan yangi mahsulot va xizmatlarni birgalikda joriy etishni rejalashtirmoqda.

«Ushbu memorandumni imzolash Markaziy Osiyodagi pozitsiyalarimizni mustahkamlashda muhim qadam boʻladi. Biz Central Asian Fintech Association bilan hamkorlik yangi imkoniyatlarni ochadi va raqamli iqtisodiyotning zamonaviy talablariga javob beradigan innovatsion yechimlarni ishlab chiqish uchun mustahkam poydevor boʻlishiga ishonamiz», – dedi Freedom Pay kompaniyasining Oʻzbekistondagi bosh direktori Nazokat Rashidova.

Freedom Pay – butun dunyo boʻylab onlayn biznes uchun toʻlov tizimlarini taqdim etuvchi xalqaro kompaniyadir. Kompaniyaning global qamrovi, toʻlov va texnologiyalar sohasidagi chuqur bilimlari, sinovdan oʻtgan jarayonlari va Freedom ekosistemasining qoʻllab-quvvatlashi tufayli har bir kompaniyaning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda noyob imkoniyatlarni taqdim etadi.

CAFA – butun Markaziy Osiyo boʻylab moliyaviy texnologiyalar sohasida hamkorlik va innovatsiyalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi mintaqaviy assotsiatsiyadir. Mintaqaning oʻziga xos moliyaviy muammolari va imkoniyatlarini hal qilish maqsadida tashkil etilgan CAFA moliyaviy xizmatlarning raqamlashtirilishiga hissa qoʻshadi, fintex startaplarini qoʻllab-quvvatlaydi, transchegaraviy sheriklikni rivojlantiradi va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida tartibga solish jarayonlarini birlashtirishga yordam beradi. CAFA barqaror iqtisodiy oʻsish va Markaziy Osiyoning modernizatsiyasiga xizmat qiluvchi barqaror va oʻzaro bogʻliq fintex ekotizimini barpo etishga intiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Freedom Payments» MChJ QK aksiyadorlik jamiyatiga aylangani haqida yozgan edi.

Shuningdek