2024-yilning yanvar – sentabr oylarida O‘zbekiston boshqa mamlakatlardan 14,8 ming tonnadan ortiq limon sotib oldi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Xarid qilingan sitrus mevaning qiymati $3,4 mln.ni tashkil etgan. Eng ko‘p miqdorda limon Turkiyadan sotib olingan bo‘lib, import hajmi 9,5 ming tonnani tashkil etdi.
O‘zbekistonga limon eksport qiluvchi yetakchi mamlakatlar qatoridan beshlikka Xitoy, Tojikiston, Eron va Argentina o‘rin olgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan sabzavot yetishtirish 6,1 foizga oshgani haqida yozgan edi.