O‘zbekiston prezidenti Saudiya Arabistonida qanday kutib olindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni amaliy tashrif bilan Ar-Riyod shahriga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, podshoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini shahzoda Muhammad bin Abdurahmon bin Abdulaziz timsolida Ar-Riyod viloyati rahbariyati va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Shuningdek, bugun O‘zbekiston yetakchisi navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi.
Tadbir kun tartibiga muvofiq, G‘azo va Livandagi keskinlikni tez fursatda kamaytirish, mojaroni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev xalqaro sammitlarda ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoni va Ozarbayjonga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edi.